NIMKORLIK (fors – toj. — yarim va ish) — xususiy egalikda bulgan yerni ijaraga olib foydalanish shakli. Nimkorlikda kam yerli yoki ot-ulovi yetishmaydigan dehqon olgan hosilining yarmini berish sharti bilan yerga ekin ekkan. Nimkorlikda yer egasi dehqonga ot-ulov, urugʻlik bergan, ayrim hollarda uning oilasiga ish vaqtida yashash uchun turar joy ham ajratgan. Xoʻjalik yili tugagach, hosilning yarmini dehqon, qolgan yarmini esa yer egasi uzaro teng bulib olgan. N. Oʻrta Osiyoda 20-a. ning 20-y. lariga qadar mavjud bulgan.
1921—29 y. lardagi Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda oʻtkazilgan yer-suv islohotlari natijasida Nimkorlik barham topdi (q. Oʻrta Osiyoda yer-suv islohoti).