NASIROV Doʻsjon Sipatdinovich

NASIROV Doʻsjon Sipatdinovich (1927.3.1, Moʻynoq tumani — 1992.20.12, Nukus) — qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), filol. fanlari d-ri (1976). Qoraqalpogʻiston ped. in-tini tugatgan (1949), shu in-tda prorektor va kafedra mudiri (1955—59), Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filiali Iqtisodiyot va madaniyat in-tida boʻlim boshligʻi (1954 — 55), Tarix, til va adabiyot in-ti di-rektori oʻrinbosari, sektor mudiri, direktor (1959—91), Qoraqalpoq untida kafedra mudiri (1991—92). Nasirovning tadqiqotlari qoraqalpoq tili tarixi va dialektologiyasiga bagʻishlangan. U «Qoraqalpoqcha-ruscha lugʻat» (1958), «Ruscha-qoraqalpoqcha lugʻat» (1967), «Qoraqalpoq tilining dialektologik lugʻati» (1983), «Qoraqalpoq tili» (1985), «Matematik terminlarning ruscha-krraqalpoqcha lugʻati» (1992) va b. ni tuzishda ishtirok etgan.

Ac: Qoraqalpoq tilida koʻplik kategoriyasi, Nukus, 1961; Qoraqalpoq tilida koʻmakchi feʼl, Nukus, 1964; Qoraqalpoq umumxalq soʻzlashuv tilining shakllanishi va uning dialektal tizimi, Nukus, 1976.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x