NYUTONNING MEXANIKA QONUNLARI — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan taʼriflangan (1687). Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch taʼsir qilmaguncha u oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini saklaydi (q. Inersiya qonuni). Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi koʻpaytmasi) ning oʻzgarishi jismga taʼsir qiluvchi kuchga proporsional, yoʻnalishi esa taʼsir etadi. Uchinchi qonun — ikki jismning oʻzaro taʼsir kuchi bir-biriga teng, yoʻnalishi esa qarama-qarshi boʻladi (q. Taʼsir va aks taʼsir qonuni). N. m. q. G. Galiley, X. Gyuygens, R. /ukhamda I. Nyutonning oʻzi oʻtkazgan koʻplab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo boʻlgan. Nyutonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorugʻlik tezligiga yaqin moddalar uchun oʻrinli emas.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые