NOZIM HIKMAT PAH (Nazim Hikmet Ran) (1902.20.1, Saloniki – 1963.3.4, Moskva) — turk shoiri va jamoat arbobi. Turk sheʼriyatiga yangi ritm va erkin sheʼr janrini olib kirgan. Harbiy-dengiz bilim yurtida oʻqigan. «Qirq haromilar asiri» sheʼri (1920) Turkiyaning mustamlakachilik kishanlariga tushayotganiga qarshi yozilgani uchun inglizlar va sulton saroyi tomonidan taʼkib etilgan. Nozim Hikmat Pah shu yili inglizlar zabt etgan Istanbulni tark etib, Anatoliyaga koʻchib oʻtadi. Gʻarb davlatlarining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash gʻoyalari taʼsirida Moskvaga kelib (1922), Sharq xalqlari mehnatkashlari kommunistik un-tida oʻqiydi. Vataniga qaytgach (1924), adabiy faoliyat bilan shugʻullanadi. 1927-y. kommunistlar va ularga maslakdosh kishilarning kuvgʻin qilinishi bilan Nozim Hikmat Pah R yana shoʻrolar mamlakatiga keladi. Shoirning «Quyosh ichganlar qoʻshigʻi» nomli dastlabki sheʼriy toʻplami Bokuda chop etiladi (1928). Nozim Hikmat Pah budavrda V. V. Mayakovskiy estetikasi taʼsirida intim tuygʻular tasviridan ongli ravishda qochib, minbar sheʼriyat namunalarini yaratadi. Shu yili Turkiyaga qaytib, gazeta tahriri-yatida ishlaydi, Nozim Hikmat Pah shu yillarda «835 satr» (1929), «Varan-3» (1930), «Sasini yoʻqotgan shahar» (1931) sheʼriy toʻplamlari, «Jiokonda va SiYa-u» (1929) romani, «Benerji oʻzini nega oʻldirdi?» (1932) sheʼriy romani, «Bosh chanogʻi» (1932), «Unutilgan odam» (1935) pyesalarini yozib, nafaqat Turkiya, balki yer yuzida roʻy berayotgan muxim voqealarga munosabat bildirishga urinadi.
Nozim Hikmat Pah umrining aksar qismini quvgʻinda oʻtkazgan va jami 17 y. qamoqda yashagan. Shu davrda u 20-a. ning oʻziga xos poetik tarixi — «Inson manzaralari» (1941) epo-peyasi, «Turmadan xatlar» sheʼriy turkumi, «Bir sevgi afsonasi» (1965) hamda «Yusuf va Zulayho» pyesalarini yaratgan.
1950-y. jahon jamoatchiligi Nozim Hikmat Pahning ozod etilishiga erishdi. U yana shoʻrolar mamlakatiga koʻchib kelib (1951), adabiy va ijtimoiy faoliyat b-n shugʻullanadi. «Turkiyada» (1952), «Anoyi» (1955), «Bekat» (1958), «Tartyuf-59» (1959), «Damokl qilichi» (xotini S. Tulyakova bilan hamkorlikda, 1960) singari pyesalar, sheʼr va dostonlar yozadi.
Oʻzbekistonda Nozim Hikmat Pah ijodiga qiziqish 1928-y. dayoq boshlangan. Gʻafur Gʻulom, Shayxzoda, Mirtemir va b. N. H. R. ning koʻplab asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «Turkiya haqida hikoya» pyesasi hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatrida, «Bir sevgi afsonasi» pyesasi asosidagi balet esa Navoiy nomidagi davlat akademik kat-ta teatrida sahnalashtirilgan.
Nozim Hikmat Pah Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari harakatining qatnashchisi, Jahon Tinchlik Kengashi byurosi (1951) va hayʼati (1959) aʼzosi, Xalqaro tinchlik mukofoti sovrindori (1950).
As: Sheʼrlar, Poema, Pyesa, T., 1953; Bir sevgi afsonasi, T., 1955; 65 sheʼr, T., 1962; Surur [roman], T., 1966; Inson manzaralari, T., 1982; Qon gapirmas [roman], Oshiq bulut [ertaklar], T., 1987.
Ad.: Babayev A., Nazыm Xikmet, M., 1957; Fish R., Nazыm Xikmet, M„ 1968. Naim Karimov.