NOVOKAIN

NOVOKAIN (Novocainum) — rangsiz va xidsiz kristall. Suvda va spirtda yaxshi eriydi. Novokain mahalliy ogʻriqsizlantirishda, novokain blokadasidz. va b. da qoʻllanadi. Novokain qonga yuborilganda orga-nizmga umumiy taʼsir koʻrsatadi: atse-tilxolin hosil boʻlishini kamaytira-di, vegetativ gangliylarga blokadalovchi taʼsir koʻrsatadi, silliq muskullar spazmini kamaytiradi, shuningdek, yurak muskuli, bosh miya poʻstlogʻining harakat sohalari qoʻzgʻaluvchanligini susaytiradi.

Organizmda Novokain paraaminobenzoy kislota va dietilaminoetanol hosil qilib gidrolizlanadi. Uning 5—10% li eritmasi fizioterapevtik (elektroforez) davolashda ishlatiladi. Koʻpgina antibiotiklar (Mas, penitsillin)ni eritishda ham qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x