IQON JANGI — chor hukumati bos-qinchilariga qarshi sarbozlar va koʻngillilardan iborat vatan himoyachilari jangi (1864-y. noyab.). Qoʻqon xonligining lashkarboshisi Alimqul Toshkentda katta harbiy tayyorgarlik koʻrgan. Uning qoʻshini (12 ming kishi) yoʻlga otlanganida qattiq sovuq tushib, hatto qorning balandligi otu tuya koʻkragigacha keladigan darajada edi. Shunga qaramay, Alimqul qoʻshini yoʻlni da-vom ettirib Chulak mavzeiga kelgan va Iqon qishlogʻi atrofida Serov boshchiligidagi harbiy qismni qurshab olgan. Ogʻir ahvolga tushib qolgan Serovni himoya qilish uchun Turkiston sh. dan 170 soldat va ikki zambarak yuborilgan. Vatan himoyachilari qaxramonona jang qilib dushman kuchlarini sarosima va vahimaga solib qoʻygan. Ular bir kechakunduzdan keyin har xil narsalar namat, daraxt shoxlari, qoru muzdan toʻsiq yasab, uni oldilariga qoʻyib yumalatib rus askarlari turgan joyga yaqinlashgan. Ularning orqasidan panalab kelgan navkarlar toʻsatdan dushmanga hujum qilib gʻalaba qozonganlar. Bu gʻalaba Iqon jangi nomi b-n tarixda oʻchmas iz qoldirgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии