ISFIJOB

ISFIJOB — oʻrta asrdagi Isfijob hokimligining markaziy shahri. Aris daryosi vodiysi (Qozogʻiston)da joylashgan. Koʻpgina tadqiqotchilar uni Chimkentdan 12 km sharqda, Sayram st-yasining oʻrnida boʻlgan deb hisoblaydilar. Shaharning qachon vujudga kelgani nomaʼlum. Sharq geograflarining maʼlumotlariga qaraganda, maydoni Binkatssh 3-marta kichik boʻlib, Isfijobning arki 10-a. dayoq vayrona holatda boʻlgan; faqat shahriston va rabod saqlangan. Rabod devorining aylanma uz. 1 farsax (6—7 km)ni tashkil qilgan. Shaxristonning 4 darvozasi: Nujkat, Farxon, Shakron va Buxoro boʻlgan. Unda, shuningdek, saroy, qamoqxona, jome masjidi va bozorlar joylashgan. 840-y. da Isfijob viloyati somoniylarpyan Nuh ibn Asad qoʻl ostiga oʻtgan. Viloyatni koʻchmanchilar hujumidan muhofaza etish maqsadida Nuh ibn Asad I. atro-fini devor bilan oʻrattirgan. Isfijob Buyuk ipak yoʻli ustida boʻlib, bu yerda boʻz, qurol, metall, qul savdosi olib borilgan. 1700 ga yaqin mustahkam qoʻrgʻon (rabot)i boʻlgan. 10-a. oxirlarida qoraxoniylarga, 13-a. boshida Muhammad Xorazmshohga, 1219-y. dan moʻgʻullarga boʻysungan; shaharning yangi nomi — Sayram dastlab shu davrdan (1221-y.) tilga olinadi.

Ad.: Bartold V. V., Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya, Soch., t. I, M., 1963; Betger Ye. K., Izvlecheniye iz knigi «Puti i stranы Abul Kasыma ibn Xaukalya, Trudы Sr. Az. gos. un-ti, vыp. 3, T., 1957; Ivanov P. P., Sayram. Ist-arxeol. ocherk, «Al-iskan-dariya». Sb. v chest A. E. Shmidta, T., 1923.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x