INFORMATSION AGENTLIK

INFORMATSION AGENTLIKmatbuot organlari, radioeshittirish va televideniye, davlat va jamoat tashkilotlari, ishbilarmonlar va b. uchun axborotlar yigʻish va tarqatish bilan shugʻullanadigan tashkilot. Muxbirlar punktlari tarmogʻiga tayanadi. Yirik Informatsion agentlik: Rossiya informatsion-telegraf agentligi (ITAR-TASS, 1992-y. da asos solingan; tarixi 1904-y. da tashkil topgan Petrograd telegraf agentligidan boshlanadi); Assoshieyted press (1848) va Yunayted press interneshonal (YUPI, 1907) — AQSH; Doychepresseagentur (Germaniya, 1949); Kiodo susin (Yaponiya, 1945); Reyter (Buyuk Britaniya, 1851); Sinxua (Xitoy, 1938); Frans press (Fransiya, 1944). Oʻzbekiston Respublikasida 4 ta Informatsion agentlik: Oʻzbekiston axborot agentligi (OʻzA) Turkiston-press, «Jahon», va «OʻzRIpoRT» faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x