IZOMERIYA

IZOMERIYA (izo… va yun. meros — qism, boʻlakcha) — tarkibi va moleku-lyar massasi bir xil boʻlib, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari har xil birikmalar mavjudligi. Aso-san, organik birikmalarda uchraydi. Strukturaviy va fazoviy Izomeriya farq qilinadi. Strukturaviy Izomeriya molekulada atomlarning bogʻlanish tartibi bilan ajralib turadi. Turlari:

1) uglerod skeleta Izomeriyasi — tarkibi va molekulyar massasi bir xil boʻlgan molekula skeletini hosil qiluvchi uglerod atomlari orasidagi bogʻlarning turli tartibiga bogʻliq, mas, pentanning 3 ta izomeri bor: normal pentan (I), izo-pentan (II) va tetrametilmetan (III).

Molekulada uglerod atomi soni ortib borgan sayin keyingi kelayotgan har bir uglevodorod uchun izomerlar soni ham ortib boraveradi. Geksan S6N]4 ning 5 ta izomeri maʼlum boʻlsa, dekan S10N22 ning 25 ta izomeri maʼlum va h. k. ;

2) oʻrin Izomeriyasi — bir xil uglerod skeletida vodorod bilan alma-shinuvchi atomlar, funksional guruhlar yoki qoʻsh bogʻlarning molekulada har xil joylashishi, mas, xlor almashgan propanlar: SN3—SN2—SN2S1 va SN3-SNS1-SN3; 1-buten SN3SN2SN = SN2 va 2-buten SN3SN= = SNSN3. Skelet I. si bilan oʻrin Izomeriyasi bir vaqtning oʻzida uchrashi ham mumkin;

3) dinamik I.-tautomeriya — maʼlum sharoitda muvozanatda boʻlgan bir-biriga oson oʻtadigan ikki yoki undan ortiq izomer shaklning mavjudligi;

4) metameriyada koʻp valentli atom (kislorod, azot va b.) ga har xil tarkibli va turlicha tuzilgan radikallar bogʻlangan; mas, S4N|0O oddiy efirining ikkita izomeri maʼlum: SN3 — O—SN2SN2SN3 (metilpropil efir), SN3SN2—O—SN2SN3 (dietil efir).

Optik Izomeriya molekulalarning asimmetrik joylashuvidan kelib chiqadi (q. Stereokimyo).

Izomerlar kimyoviy tuzilishi har xil boʻlganidan fizik va kimyoviy xossalari b-n farq qiladi. Oddiy organik birikmalar, toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlarning izomerlari, avvalo fizik xossalari (qaynash, su-yuqlanish tralari va b.) bilan farq qiladi, funksional guruxari bor murakkabroq organik birikmalarning izomerlari fizik xossalari b-n ham, kimyoviy xossalari bilan ham farq qiladi. Optik izomerlarning kimyoviy xossalari, shuningdek, polyarizatsiyalangan yorugʻlikni burish xossasidan bo-shqa deyarli hamma fizik xossalari bir xil.

Izomeriyani ilk bor nemis kimyogarlari Yu. Libix va F. Vyoler kuzatgan (1823); bu terminni Izomeriya Berselius taklif etgan (1830). Kimyoviy tuzilish nazariyasi hali nomaʼlum izomerlar muvjudligini oldindan bilishga imkon ber-di, buni A. M. Butlerov isbot etdi (1864).

Ad: Slanina 3., Teoreticheskiye aspektы yavleniya izomerii v ximii, per. s chesh., M., 1984; Potapov V. M., Stereoximiya, M„ 1988.

Qudrat Axmerov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x