Tomakining zararli komponentlari:
Glikol tamaki sanoatining ta’kidlashicha, bu modda tamaki quribqolmasligi uchun qo’shiladi.
Benzopirpn. Bu modda qora mum va sigaret tutunidp mavjud bo’lib, saraton rivojlanishiga sabab bo’luvchi kuchli kimyoviy modda hisoblanadi.
3. Margimush. Bu modaning havfli zaxari tufayli lablar quruqshab, og’izdan hid keladi.
Atsiton.
Qo’rg’oshin. Bu moddadan zaharlanish natijasida chekuvchi qayd qiladi,miya hujayralari jaroxatlanib, bo’y o’sishi sekinlashadi.
6.Formaldegid. Bu modda saratonni rivojlantirib, jigar, teri va ovqat hazm qilish tizimini jarohatlaydi.
Toluol. Bu modda o’ta zaharli.
Fenol. Bu moddadan laboratoriyalarda infektsiyalarni tozalash vositasi sifatida foydalaniladi.
Butan.Bu modda oson yonib, turli ѐnuvchi moddalarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Kadmiy. Bu modda jigar va buyrakni jarohatlab, inson organizmida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Аmmoniy. Olimlarning fikricha bu modda tamakini oson o’zlashtirishga ѐrdam beradi. Shuning uchun inson unga bog’lanib qoladi.
12.Benzin.
Chekuvchilik chekuvchi uchun ham, atrofdagi chekmovchilar uchun ham katta zarar keltiradi. Oddiy chekuvchi har bir chekkan sigaretasi bilan o’z umrini 6 minutga qisqartiradi. Chekish :
-o’pka, traxeya va bronxlardagi, lab, qizilo’ngach, og’iz bo’shlig’i va xalqumdagi, hamda xiqildoqdagi o’smalar-rak;
-O’pka eifizemasi va obstruktiv kasalliklar:
-Yurakning ishemik kasalliklari kelib chiqishida asosiy rol o’ynaydi.
Nikotinning qon tomirlarni toraytiruvchi ta’siri chekish to’xtagandan keyin ham 20-30 minut davom etadi.Shu sababli oyoqlar qon tomirlari spazmi bilan bog’langan obliteratsiyalovchi endoarteriit yoki ―damba-dam oqsoqlanib yurish kasalligi ham keng tarqalgan bo’lib, bunday bemorlar oxir oqibat oyoqlarini kesib tashlash – amputatsiya qildirish darajasiga borib yetadilar.
Muttasil ravishda chekish insonning aqliy faoliyatini pasaytiradi.
Passiv tamaki chekish ham umrni qisqartiradi. Passiv tamaki chekish- bu tamaki chekkanda chiqadigan tutundan nafas olish bo’lib, u xavfli. Havoning tozaligi sog’ligimiz garovidir. Bolalarda passiv tamaki chekish oqibatida quyidagilar kuzatiladi:
– Tez-tez shamollash va quloqning yallig’lanishi;
– Kuchli yo’tal va nafasning siqishi;
– Zotiljam va bronxitga moyillikning keskin oshishi;
– Nafas yo’llarini yallig’lanishga qarshi kurashuvchanligining susayishi;
– Аstma kasalligin rivojlanish ehtimolining oshishi;
– Аstma kasalligini og’ir kechishi.
Passiv tamaki chekish oqibatida emizikli bolalar uyqudaligida to’satdan o’lim holati yuzaga kelishi mumkin. Kattalarda passiv tamaki chekish:
-Rak kasalligiga olib kelishi mumkin;
-O’pka kasalliklariga chalinish xavfini oshiradi.
Chekishning xomiladorlardagi asoratlari natijasida bevaqt bola tashlashlik va xomiladorlikning 37 xaftasigacha bo’lgan davrda tug’ishlik 14% ni tashkil etadi. Xomiladorlik davrida chekishlik natijasida:
-Chaqaloq massasining kichkinaligi uning yashyash qobiliyatining birinchi yilidayoq umri qisqa bo’lishiga sabab bo’ladi.
– Nikotin bachadon-yo’ldosh qon aylanishini yomonlashtirib, homila rivojlanishi va o’sishini sekinlashtiradi.
– Nikotin ko’krak sutida ham uzoq saqlanganligi uchun chaqaloqni ham zaxarlab qo’yishi mumkin. Kokain homilaga ta’sir etib, siydik-tanosil a’zolarida tug’ma nuqsonlarni.,so’zlashning buzilishini, diqqat va xotiraning sustligini keltirib chiqaradi. Qalqonsimon bez faoliyatini izdan chiqaradi. Nikotinga o’rganib qolishlik ham xaqiqiy narkomanliklardan biri hisoblanib 3 davrga bo’linadi (turmush tarzi, odatlanish,qaram bo’lib qolishlik.):
Davr tartibsiz chekish – 1 kunda 5ta sigareta chekish, chekish to’xtatilgach chekuvchining betoqatliligi kuzatiladi.
Davr muntazam chekishlik-kuniga 5-15ta chekish, qisman jismoniy qaramlik,Tolerantlilikning oshishi, biroz abstinentsiya xolati.
Davr –tolerentlilik yuqori darajaga yetadi, abstinentsiya sindromi og’ir kechadi, undan qutilishlikning qiyinligi (kuniga 1-1.5 pachka chekish), nahorga, ovqat yeb bo’lish bilan va kechasi chekish.
loading…