NIAGARA SHARSHARASI — Shim Ame-rikadagi sharshara, Eri va Ontario koʻllarini birlashtirib turuvchi Niagara daryosida. Bundan 8—9 ming yil oddin dolomitli ohaktosh va gilli sla-neslardan tuzilgan jarlikda hosil boʻlgan. Niagara sharsharasi orol bilan 2 qismga (chap tomonda — Kanada hududidagisining kengligi 800 m, bal. 48 m, oʻng tomonda — AQSH hududidagisining kengligi 300 m, bal. 51 m) boʻlingan. Yirik GES kurilgan. Niagara sharsharasi yonidan, Kanada tarafida, kema qatnaydigan kanal kazilgan. Turistlar koʻp keladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые