NEODIM (neo… va yun. didymos — egi-zak; lot. Neodymium) , Nd— Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 60, at. m. 144,24. 5 ta barkaror izoto-pi – l42Nd(27,07%), l43Nd (12,17%), M5Nd(8,3%),ʻ46Nd(17,22%), l48Nd(5,78%) va 2 ta radioaktiv izotopi — 144Nd(23,78%, T|/25-1015y.), 15ONd(5,67% T1/22-1015-y.) mavjud. Yer poʻstila massa jihatidan 2,5-10^3%, dengiz suvlarida 9,2-10~6 mg/l N. bor. Tabiatda monatsit, bestnezit (20% gacha Nd2O3) va loparit minerallari koʻrinishida uchraydi. Lantanoidlar guruhiga kiradi. 1885-y. da avstriyalik kimyogar K. Auer kashf qilgan. Och kulrang metall. Zich-ligi 7,0 g/sm3. Qaynash t-rasi 3027°, suyuklanish t-rasi 1016°, oksidlanish darajasi +3, +4, goho +2. Tuzlarining aksarisi qizgʻish-binafsha rangli. Neodim birikmalari rangli, badiiy va optik shishalar, lazer materiallar, chinni i. ch. da, chuyan, pulat va b. krtishmalarga legirlovchi qushimcha sifatida qullanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые