Taqinchoq tanlashda nmalarga etibor beramiz?

Аyol zotini taqinchoqsiz tasavvur qilish juda mushkul. Shu sabab, do’konga kirib, taqinchoqlar bilan to’ldirilgan rastalarni ko’rib ko’zimiz quvnaydi. Аmmo ular orasidan o’zimizga mos va xosini tanlab olish juda qiyin. Ba’zida qimmat va eng bejirim taqinchoq ham sohibasiga yarashmasligi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish uchun sizga quyidagi tavsiyalar yaqindan yordam beradi.

Yoshga qarab. Yoshingiz qancha kichik bo’lsa shuncha kam taqinchoq taqing. Eng asosiysi, tanlagan taqinchog’ingiz qimmat bo’lmasin. Yosh qizlarga yorqin rangdagi bijuteriya va kumushdan yasalgan taqinchoqlar yarashadi. Oltin taqinchoqlarni esa yoshi katta ayollarga qo’yib bering, bu yoshdagi ayollarga katta taqinchoqlar taqish tavsiya etiladi.


Qomatni inobatga oling. Taqinchoqni qad-qomatingizga va bo’yingizga qarab tanlang. Ozg’in va bo’yi past qizlarga katta taqinchoqlar taqish tavsiya etilmaydi. Shu jumladan, do’mboq qizlardagi mayda taqinchoqlar o’z-o’zidan g’oyib bo’ladi.

Kamchiliklarni yashiramiz. Shunday taqinchoqlar tanlangki, u sizning kamchiliklaringizni yashirsin, masalan, kalta va semiz barmoqdagi katta uzuk juda hunuk ko’rinadi. Yo’g’on bo’yin sohibasi yorqin kol’e o’rniga ingichka va nozik zanjir taqsa maqsadga muvofiq.

«Uchlik» qoidasi. O’zingizga yangi yil archasiga o’xshatib birdaniga ko’p taqinchoq taqmang. Аslida taqinchoq taqishning «uchlik» qoidasi mavjud. Unga ko’ra, bir vaqtning o’zida uchdan ziyod taqinchoq taqish taqiqlanadi. To’g’ri, bu qoida o’z o’rnini yo’qotdi. Ko’zga tashlanmaydigan taqinchoqlarni beshtagacha ko’paytirish mumkin, ammo yorqin va katta hajmdagi bijuteriyalarni tanlaganda me’yordan oshmagan ma’qul.

Uslubingizga mos. Аgar siz yorqin rangdagi kiyim-kechaklarni xush ko’rsangiz, unda tanlagan taqinchoqlaringiz ham huddi shunday bo’lishiga e’tibor qarating. Oddiy va sipo kiyimlar ko’zga tashlanmaydigan taqinchoqlar bilan yaxshi uyg’unlashadi. Kunduzi ishxonada e’tiborni tortmaydigan bitta yoki ikkida taqinchoq bilan kifoyalanish kerak.

Yana bir necha qoidalar:

Taqinchoq qanchalik katta, yorqin va qimmat bo’lsa, kiyim shuncha ixcham bo’lishi darkor.
Yorqin rangdagi taqinchoqlarni, poyabzal, sumka, ro’mol va tasma bilan uyg’unlashtirish tavsiya etiladi.
Xech qachon qimmat kiyim-kechaklar bilan arzon narxdagi taqinchoqlarni taqmang, bu bilan siz atrofdagilarning kulgisini keltirasiz xolos.
Yozgi taqinchoqlarni qishki kiyim yoki aksincha, qishda taqiladigan taqinchoqlarni yozgi ko’ylaklar bilan birga taqmang.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x