Ertalabda Hich Uyg’ona Olmayman Degan Inson Uchun 8 Tavsiya
Men ertalabda uyg’onihga qiynalaman deb o’zingizga aytib yuraverishdan voz keching, ertalablari erta uyg’onishingiz uchun 8 tavsiya. Ertalab erta uyg’onadigan insonlarning so’zlariga quloq soling.
Men erta sahar turolmayman degan bahonlardan voz keching! Agar haqiqatdanham foydali bir narsalar qilishni hohlayotgan bo’lsangiz, odatlaringizni o’zgartirishni bo’shlashingiz lozim. Yoqimsiz holat emasmi? Siz doim erta uyg’onishni pilanlab hech bajara olmasangiz.
Vaqtingizdan yanaham unumli foydalanishning eng yaxshi yo’llaridan biri ishlaringizni ertalabdan boshlash ekanini bilasiz. Bundan tashqari dunyodagi eng muvofaqiyatli kishilarning ertalab erta uyg’onishligi haqida ham eshitgansiz. Qancahlar harakat qilmang ertalab erta uyg’onishni bajara olmayapsiz.
Yanaham unumli va barakalik hayotingizni qo’lga kiritishdan no umid bo’lmang, mana sizga bu borada yordamchi bo’ladigan tavsiyalar:
1. Har kuni 1 daqiqa ertaroq turushga harakat qiling
Soatni (budulnik) erta qo’yganingiz bilan har doim erta turasiz degani emas albatta. Agar har doim turadigan vaqtingizga yetguncha soatni keyinroqga o’tkazayotgan bo’lsangiz, tanani bu tartibga o’rgatishlik ko’p vaqt oladi.
Soatni ertalab 5 ga qo’yishni o’rniga, maqsadingizga yetguningizga qadar har kun yoki ikki kunda bir daqiqaga ozaytirib borsangiz foydasi ko’proq bo’ladi.
Masalan: hozirgi vaqtda uyg’onish soatingiz 6:30, maqsadingiz 5:30 da uyg’onish. Soatingizni 5:30 da uyg’onioshga sozlasangiz birdan uyg’onishingiz qiyin bo’ladi. Buni o’rniga, ertaga uyg’onish vaqtingizni 6:29 deb sozlang, uni ertasiga 6:28, so’ng 6:27. Bu tarzda maqsadingizga yetguningizgacha davom eting.
1 oyda 30 daqiqa ertaroq uyg’onishga odatlangan bo’lasiz va bu holat sizga bilinarli tasir o’tkazmaydi.
Maqsadingizga yetishlik uzoq vaqy oladi lekn harakat qilishlik hech narsa qilmasdan yurgandan yaxshi.
2. Kichik muvofaqiyatlarga erishish uchun harakat qilib o’zingizni qiziqtiring
Ertalab soat 5 da turishlik ishlaringizni hal qilishingiz uchun qo’shimcha vaqt imkoniyatini beradi. Faqat normalda harkun 8:30 da uyg’onayotgan bo’lsangiz 5 da uyg’onishlik siz uchun qiyin bo’ladi. Masalan siz birdaniga 2 soat erta uyg’onish o’rniga oldin, yarim saota ertaroq uyg’onishni sinab ko’ring. Maqsadingizga yetganingizda, kichik bir muvofaqiyatga ega bo’lgan bo’lasiz. Bu tariq davom ettiring.
3. Erta uyg’onish uchun ustingizda bosim uyushtiring
Atrofingizdagilar bilan erta turishga kelishib oling va uchrashuv belgilang. Bu sizga mas’uliyat yuklaydi. Qarshingizdagi inson siz haqingizda, so’zini tutolmaydigan mas’uliyatsiz dehgan fikirga borishini istamaysi. Buni soyasida uyg’onish soatingiz siz istagan vaqtga sozlanib qoladi. Izlanishlar natijasiga qaraganda, vaqtida bajarilishi kerak bo’lgan zarur ishlar bo’lgan vaqtda, tanamiz o’z o’zini u soatda uyg’onish uchun avtopmatik tarzda sozlaydi. Bu esa muhim ishimiz bo’lgan vaqtda nma uchun budilnikdan oldin uyg’onishimizni izohi bo’ladi. Ulovingizni ishonchli qoziqga bog’laysiz. Aslo bir inson nazarida etiboringizni to’kilishini hohlamaysiz. Agar faqatgina budulnik sizni uyg’otadigan bo’lsa, ishontirib aytaman, sizga yotoq yanaham jozibaliroq korinadi.
4. Atrofingizni erta uyg’onish uchun moslashtiring
Agar atrofingizni erta uyg’onishga moslab oladigan bo’lsangiz erta uyg’onishga odatlanishingiz yanaham osonlashadi. Masalan Sportga boorish uchun sport kiyimlaringiz qo’lingizni ostida bo’lsa sportga borishingiz yanaham osonlashadi. Quyidagi malumotlarda atrofingizni qanday holatda tayorlashingiz kerak ekani haqida tavsiyalarni topishingiz mumkun.
Budilnikni Honaning bosgqa tarafiga qo’ying, uni o’chirish uchun turib borishingizga to’g’ri kelsin.
Nonushtangizni kechki paytdan tayyor holatiga keltiring, ertalab uyg’onganingiz zahoti qahva yoki choy ichish uchun nonushta tayorlash muammosi bo’lmaydi.
Yotishdan oldin halatingizni yoningizga qo’ying, ertalab kiyish oson bo’ladi. Ertalab kiyinish degan muammoyingizni hal qilgan bo’lasiz.
5. Ertalab uyg’ona olmaslik muammoyingiz nmalar, bilib oling
Qaysi bosqichlarni sinab kordingiz?
Qayerda muvofaqiyatsiz bo’ldingiz?
Farqli nma qilgan bo’lishingiz mumkun?
O’zingizga qarshi holis bo’ling! Nma uchun muvofaqiyatsiz bo’ldingiz?
6. Ozingizga qarshi chiqolmaydigan bir sabab belgilab oling
Erta uyg’onish pilaningizni amalga oshirganingizda qo’lga kiritgan qo’shimcha vaqtda nma ish bilan shug’ullanmoqchisiz?
Qo’shimcha vaqtda qilishni pilanlagan ishingizni davomli qilish yoki qilmaslik, sizning hayotingizga qanday tasir o’tkazadi?
Agar ertalab erta turishda qo’shimcha vatingizni yugurish bilan boshlashni pilanlayotgan bo’lsangizu, yugurish mashqini yiqtirmasangiz, siz uchun erta uyg’onish aziyyat bo’ladi.
Ertalablari o’zingizga yoqgan ishlar bilan shug’ullaning. Ertalablari qiladigan ishingiz avvalo sizni hursan qilishligi kerak. Bir qancha vaqt o’tgandan keyin uyg’onish uchun budulnikgaham ihtiyojingiz qolmaydi.
Yoqtirmagan ish bilan kunni boshlashlik, siz uchun ertalab uyg’onish qiyinchilik holatiga aylanadi.
7. Jarayonni kuzazting
Mening doim qo’llaganim, oddiy bir odatim bor edi. Davomiylikni kalendarga iks ishorasi bilan belgilab borish. Web saytimga har kuni yangi maqolani qo’yishni rejalashtirgan vaqtimda, yangi maqola yozgan kunni kalendarda belgilayman. Kalendarda paydo bolgan belgilar zanjiri meni motivatsiyamni ko’tarib energiya beradi.
8. Ertalab erta uyg’nadigan insonlarni gaplariga quloq soling
Erta uyg’onishni aslida oz irodangizga bo’gliq ekanini bilarmidingiz? O’zingizni ertalab tura olmasligingizga ishontirib, irodangizni cheklamoqdasiz. O’zingizga bo’lgan ishonchiongizni ‘Men erta uyg’ana olmayman’ dan ‘Men erta uyg’ona olgan insonlardanman’ ga aylantira olasiz, chunki o’z iroda o’zingizdan paydo bo’ladigan bir ilhomdur.
Birinchi haftasida erta uygonishlik oson bo’lmaydi. Tanangizni bunga odatlanishi uchun vaqtga ihtiyoji bo’ladi.
Bir o’ylab ko’ring: Dunyodagi barcha insonlar uhlayotgan bir vaqtda siz uyg’oqsiz. Hech kim sizni ajoyib fikirlaringizni va pilanlaringizni amalga oshirishda to’sqinlik qilolmaydi.
Tanangiz bu yangi tartibga bir marotaba odatlanib qolgandan so’ng hayotingiz butunlay o’zgaradi va bajarishni hohlagan ishlaringizni erta kundan hal qilgan bo’lasiz.
loading…