TOLDIQOʻRGʻON — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar (1944-y. dan), Olmaota viloyati markazi. Qoratol daryosi boʻyida. Jungʻariya Olatovi etaklarida. Toldiqoʻrgʻon stansiyasi. Aholisi 94,2 ming kishi (2003). 19-a. ning 2yarmida Gavrilovka qishlogʻi (1920-y. dan Toldiqoʻrgʻon) oʻrnida vujudga kelgan. 1930-y. dan Qozogʻistonning Olmaota okrugi, Toldiqoʻrgʻon tumani markazi. 1967-y. dan — 1998-y. gacha Toldiqoʻrgʻon viloyati markazi. Toldiqoʻrgʻonda akkumulyator, meva, konserva zdlari; tikuvchilik, poyabzal, mebel fkalari, qurilish materiallari kti, ped. int, tarixoʻlkashunoslik muzeyi, teatr bor. Aeroport, avtovokzal ishlab turibdi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые