TOJIYEV Mirsodiq Mahmudovich

TOJIYEV Mirsodiq Mahmudovich (1944.25.3 Toshkent 1996.8.6) kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Toshkent musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1965—70), «Goʻzal» va «Shodlik» ansambllari, Oʻzbek davlat filarmoniyasi badiiy rahbari (1971—1979), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi raisi (1982—1987), Toshkent konservatoriyasi oʻqituvchisi, dotsent (1971 — 1996). Tojiyev oʻzbek musiqa merosi (jumladan, maqom anʼanalari) negizida badiiy yetuk asarlar yaratishga muvaffaq boʻlgan. Tojiyev oʻzining 3, 9, «Somon yoʻli» trilogiyasi (15—17) va «Qahramonlik» (19) simfoniyalari bilan milliy simfonizm rivojiga katta hissa qoʻshgan. Shuningdek, «Shoir muhabbati» simfonik poemasi, kamer orkestr uchun yozilgan 7, 8, 12, 18simfoniyalari, «Oʻzbekiston» poemafaxriya (B. Boyqobulov), «Koʻhna Samarkand yuragi» nurlitovushli musiqali panorama kabi asarlari mashhur. Tojiyev yaratgan musiqiysahnaviy asarlari orasida «Chollar va kampirlar» (H. Sharipov), «Qaydasan, jon bolam» musiqali komediyalari, «Kumush» (Abdulla Kodiriyning «Oʻtgan kunlar» romani asosida) operasi va b. Kamer musiqa, xalq cholgʻulari orkestri uchun «Tantana», «Sarafroz» va b. asarlar muallifi. «Kompozitor Mirsodiq Tojiyev» hujjatli filmi suratga olingan (2000, rej. A. Fatxullin). Ayrim asarlari gramplastinkalarga yozilgan, 3(M., 1989), 7—8(T., 1986) simfoniyalari nashr etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x