SYURIX — Shveysariyaning shim. qis-midagi shahar. Syurix kantonining maʼmuriy markazi. Aholisi 336,8 ming kishi (1998). Syurix va Limmat daryosi boʻyidagi port. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-moliya markazi. Mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, tikuvchilik, yogʻochsozlik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t (1833), Shveysariya muzeyi, Kunstxa-uz (14—20a. lar sanʼati), badiiy hunarmandchilik muzeyi bor. Shahar Turikum keltgerman qishlogʻi oʻrnida yuzaga kelgan. Ilk bor shahar sifa-tida 929-y. da qayd etilgan. 1218-y. dan imperiya shahri maqomini olgan. 19-a. dan shahar yirik bank, sanoat va madaniyat markaziga aylandi. Meʼmoriy yodgorliklardan Grosmyunster va Fraumyunster roman-gotika soborlari (12—15-a. lar), cherkov (13-a.), ratusha (1694—98) va b. saqlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые