SIRKONIY DIOKSID, ZrO2 — sirkoniyning yagona barqaror oksidi, oq rangli kristall modda. Bir necha modifikatsiyalari mavjud. Sirkoniy dioksidning barqaror modifikatsiyasi tabiatda baddeleit minerali koʻrinishida uchraydi. Suyuqlanish t-rasi 2710°, qaynash t-rasi 4500° atrofida. Zichligi 5,86 g/sm3, Moos shkalasi buyicha qattikligi 6,5. Suvda, koʻpchilik kislotalar, ishqorlar, tuzlar va barcha organik erituvchilarda erimaydi. Ftorid kislota, konsentrlangan sulfat kislota, eritilgan shisha va burada eriydi. Sirkoniy dioksid sirkoniyning termik bekaror birikmalarini (gidroksidi, nitrati, oksalati va b.) qizdirish natijasida hosil boʻladi. Olovbardosh materiallar olishda, silliqlovchi material sifatida, boʻgʻiq sir va emallar tayyorlashda qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые