TOʻLAN NIZOM (taxallusi; asl ismsharifi Nizomiddinov Toʻlanboy) (1939.17.8, Quva tumani) — Oʻzbekiston xalk, shoiri (1998). Andijon pedagogika intini tugatgan (1965). Yoshlar tashkilotlarida rahbar (1965 — 76), tuman xalq taʼlimi boʻlimida mudir (1976—83), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimida masʼul kotib (1983—85), Boʻz ped. bilim yurtida direktor (19852001). Birinchi sheʼriy toʻplami — «Sening ertaklaring» (1970). Shundan soʻng Toʻlan Nizomning «Iftixor» (1982), «Oy qizlar» (1988), «Muqaddas ruh» (1993), «Vatan tuygʻusi» (1993), «Chaman ichra», «Akssado», «Intizorlik» (1994), «Daqr bogʻi» (1995), «Saylanma» (1998) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. Toʻlan Nizom soʻnggi yillarda liroepik janrlarda samarali ijod qilib, Bobur, Mashrab, Choʻlpon, Mirtemir, Usmon Nosir, S. Zunnunova, M. Yusuf singari siymolarga bagʻishlangan «Choʻlpon», «Majnuntol yigʻisi», «Ruhi ravonim» (1993), «Uch soʻz» (1995), «Oq gul», «Botmay qolgan oy» (1996), «Alisher» (2003) singari doston va lirik qissalarini yezdi. «Non hidi» (1998), «Suhbat» va Qamchiq dovoni qurilishiga bagʻishlangan «Dovon» (2002) dostonlari muallifi. «Mexdsht shuxrati» ordeni bn mukofotlangan (2003).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые