SALUIN

SALUIN, Saluen (tibetcha NagChu, xitoycha Nuszyan) — Xitoy va Myanmadagi daryo, qisman Myanma bilan Tailand oʻrtasida chegara vazifasini oʻtaydi. Uz. 3200 km, havzasining mayd. 325 ming km2. Tangla tizmasidagi muzliklardan boshlanadi. Yunnan va Shan togʻliklaridagi chuqur daralarda sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Quyi qismida sohil boʻyi tekisligida oqib, Andaman dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 6700 m3/sek., yozda suvi toshadi. Quyi oqimda kema qatnaydi. Quyilish yerida Molamyayn dengiz porti joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x