SALE

SALE (arab. Sla, Sala) — Marokashdagi shaxar, Atlantika okeani sohilida. Poytaxt aglomeratsiyasi (RabotSale prefekturasi) tarkibida. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990y. lar oʻrtalari). T. y. stansiyasi. Transport va savdohunarmandchilik markazi. Oziqovqat, yoyuchsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi va kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Shaharga 11-a. da asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 11 —14-a. larda qurilgan Katta masjid, bir nechta Madrasa, oʻrta asrlarda qurilgan devor darvozalari bilan saqlangan. Sale yaqinida xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x