SAIDOV Joʻra Kamolovich

SAIDOV Joʻra Kamolovich (1909, Qoʻqon sh. — 1999.9.4, Toshkent) — botanik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), biol. fanlari d-ri (1960), prof. (1967). Samarqanddagi Oʻzbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan (1932). Qoʻqon sh. paxtachilik in-ti botanika kafedrasi assistenti (1932—35), Samarqand q. x. instituti botanika kafedrasida dotsent va mudir (1941—43), in-t direktori (1943—52), botanika va oʻsimliklar fiziologiyasi kafedrasi mudiri (1952—60), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi FA da akad. kotib (1960—61). Oʻzbekiston FA Botanika in-tida oʻsimliklar morfologiyasi, anatomiyasi va embriologiyasi lab. mudiri (1962 — 88), in-t direktori (196486), 1988-y. dan bosh ilmiy xodim. Ilmiy ishlari oʻsimliklar anatomiyasi, morfologiyasi va fiziologiyasiga oid. Saidov karbonat va magniyli, xlorid va sulfatli tuzlar bilan shoʻrlangan tuproqning gʻoʻza va makkajoʻxori anatomiyasi hamda fiziologiyasiga taʼsirini tadqiq qilgan. Urgimchakkana bilan zararlangan gʻoʻza bargining anatomiya va morfologiyasidagi oʻzgarishlarni oʻrgangan. Oʻzbekiston foydali yovvoyi oʻsimliklari anatomiyasi, sitoembriologiyasi va choʻl yaylovlarining fitomelioratsiyasi maktabi asoschisi. Saidov rahbarligida 12 jildli «Foydali oʻsimliklar morfobiologiyasi» (T., 1964—93) nashr etilgan.

As: Botanika oʻsimliklar fiziologiyasi asoslari bilan (hamkorlikda), T., 1972; Choʻl oʻsimliklarining ekologik anatomiyasi (hamkorlikda), T., 1991.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x