BONDOPADDXAY

BONDOPADDXAY Tarashonkor (1898. 23. 7 — Birbum — 1971) — hind yozuvchisi, jamoat arbobi. Bengal tilida yozgan. Bondopaddxay dovrugʻini taratgan romanlar («Yer — xudo», 1939; «Xalq — xudo», 1942; «Besh qishloq», 1944 va b.) da katta yer egalari bilan dehqonlar turmush tarzi, ular orasidagi munosabat, umuman bengal qishlogʻi hayoti aks ettirilgan. «Sogʻlomlashtirish maskani» romani, bir nechta pyesa («Ikkovlon», 1942 va b.) muallifi. Toshkentda boʻlib utgan Osiyo va Afrika yozuvchilari konferensiyasi qatnashchisi (1958).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x