BOMARSHE

BOMARSHE (Beaumarchais) Pyer Ogyusten Karon de (1732.24. 1 — Parij — 1799. 18. 5) — fransuz dramaturgi. Dastlabki pyesalari «Yevgeniya» (1767), «Ikki dust» (1770) da ijtimoiy tengsizlik qoralanadi. «Xotiralar» pamfleti (1773—74) da Bomarshening demokratik qarashlari oʻz aksini topgan. «Seviliya sartaroshi» (1775), «Figaroning uylanishi» (1784) Bomarshega jahonshumul shuhrat keltirdi. «Figaroning uylanishi» da yozuvchi oddiy xalq vakili — Figaroning aqlzakovatini ulugʻlab, aslzoda Almavivning johil va nodonligidan kuladi. Bomarshe komediyalari jahon teatr sahnalaridan munosib oʻrin egallagan. Ular asosida yaratilgan «Seviliya sartaroshi», «Figaroning uylanishi» operalari Navoiy nomidagi teatrda sahnalashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x