BOTQOQ TUPROQ MELIORATSIYASI — botqoqparni quritib q. x. ekinlari ekiladigan foydali yerga aylantirish. Bunda tuproq namligi moʻtadil darajaga, yaʼni namlik darajasi tuproqning toʻla nam sigʻimiga nisbatan 60—70% ga keltiriladi. Natijada unda havo, oziq sharoiti yaxshilanib, unumdorlik oshadi, organik moddalarning aerob parchalanishi uchun qulay sharoit tugʻiladi. Oʻsimlik havo, harorat va oziq unsurlari bilan taʼminlanadigan boʻladi. Botqoq tuproqli yerlarni yaxshilashning asosiy usullaridan biri maxsus drenaj tizimi qurib, ortiqcha suvni chiqarishdir. Hududning aniq sharoitini hisobga olib drenajning turli usullaridan foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые