BOTRIDIUM (Botridium) — sariqyashil suvoʻtlar turkumi. Tanasi noksimon, diametri 3 mm gacha, bir hujayrali, koʻp yadroli, rizoidlari rangsiz. Suv havzalari qirgʻoqlari yaqinidagi choʻkma balchiqlarda, suvi quriyotgan hovuz va koʻlmak suvlar tubidagi loyda oʻsadi. Botridium sochilgan marjonga oʻxshash koloniya hosil qiladi. Suvda — zoosporalar, tuproqsa — aplanosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishi aniqpanmagan. Bir necha turi maʼlum.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые