BOMA

BOMAKongo Demokratik Respublikasi gʻarbidagi shahar. Aholisi 246 ming kishi (1991). Atlantika okeani qirgʻogʻidan 75 km ichkarida, Kongo daryosi estuariysidagi port (dengiz kemalari kiradi); chetga oʻrmon va q. x. mahsulotlari (palma moyi, banan, kakao, kauchuk) eksport qilinadi. K x. mahsulotlari qayta ishlanadi; kimyo, yogʻochsozlik, metallni qayta ishlovchi korxonalar bor. Kema taʼmir qilinadi. Baliq ovlanadi. Shaharga 16-a. da asos solingan. 1886—1926-y. larda Belgiya Kongosi maʼmuriy markazi boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x