AERODROM

AERODROM (aero… va yun. dromos — yugurish joyi) — samolyotlarning uchishi va qoʻnishi uchun moʻljallangan, ularni joylashtirish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlaydigan inshootlar va jihozlar majmui. Fuqaro va harbiy, doimiy va muvaqqat Aerodromlar boʻladi. Samolyotlarning turlari, hududlarning kattakichikligi, Aerodrom toʻshamasining koʻtarish imkoni va b. belgilarga qarab sinflarga boʻlinadi. Vazifasiga qarab Aerodromning transport, z-d, oʻquv-mashq, klub-sport va b. xillari bor. Transport A. i aeroport singari jihozlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x