AVTOMOBIL SPORTI

AVTOMOBIL SPORTI, avtomobil poygasi — sport avtomobillari va seriya l i avtomobillarda oʻtkaziladigan poyga, sport turi. Birinchi avtomobil poygasi 1894-y. 18 noyab. da Fransiyada Parij-Ruan-Parij yoʻnalishi boʻyicha 1200 km masofada oʻtkazilgan. Qoidaga muvofiq tezlik cheklangan (soatiga 12,5 km) edi. Poyga aylanma shosselar, toʻgʻri shosselar, avtodrom, ippodrom, velodrom, stadionlarda oʻtkaziladi. Belgilangan masofada rekord qoʻyish uchun maxsus poygalar ham oʻtkaziladi. Poygada qatnashadigan avtomobillarning xalqaro tasnifi (asosiy mezon — avtomobil rusumi va dvigatelning ish hajmi) va texnika talablari vaqt-vaqti bilan oʻzgarib turadi. Chet elda xahon chempionligi uchun aylanma shosselarda oʻtkaziladigan avtomobil poygalari va Yevropa chempionligi uchun oʻtkaziladigan avtoralli asosiy musobaqalar hisoblanadi. Xalqaro avtomobil federatsiyasi (1904-y.) tashkil etilgan. Jahon birinchiligi 1925-y. dan oʻtkazib kelinadi. 1965-y. noyab. da amerikalik poygachi Kreg Bridlav reaktiv dvigatelli avtomobilda soatiga 966, 554 km tezlikda yoʻl bosib mutlaq rekord qoʻydi. Avtomobil sporti boʻyicha sobiq Ittifoq birinchiligida Riga sh. da Oʻzbekiston jamoasi 1978-y. da birinchi marta qatnashdi. Oʻzbekiston sportchilaridan Murodjon Qayumov eng yaxshi natija koʻrsatdi. 1996-y. Oʻzbekistonda birinchi marta Pskent sh. yaqinidagi «Ujniy» avtopoligonda tezlik rekordi oʻrnatildi. V. Ye. Aleksandrov 100 km masofada oʻrtacha 118 km/ soat tezlikka erishdi. 1997-y. shu joyda birinchi marta Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. Oʻzbekistonda Avtomobil sportining 264 ta seksiyasi boʻlib, 22395 kishi sportning shu turi bilan shugʻullanadi. 116 947 kishi ommaviy sport razryadiga ega, 41 nafar sport ustaligiga nomzod, 10 nafar sport ustasi bor (1997).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x