BODRING (Cucumis sativus L.) — qovoqgullilar oilasiga mansub bir yillik sabzavot ekini. Barcha qitʼalarda ekiladi. Yovvoyi holda uchramaydi. Ochiq dal ada va issiqxonalarda yetishtiriladi. Vatani — Xindiston. Mil. av. 3-ming y. dan beri maʼlum. Palagi 1,5—2 m gacha boradi. Bodring guli bir uyli, ayrim jinsli. Otalik gullari barg qoʻltigʻida bittadan, onalik gullari otalik gullaridan keyinroq paydo bulib, barg qoʻltigʻida bittadan, tezpishar navlarida 2—3 ta dan joylashadi. Mevasida vitamin S, 92,7 — 97,7% suv, 1,1—3,7% qand va mineral tuzlar, shuningdek efir moyi bor.
Bodring issiqsevar usimlik, urugʻi tuproq harorati 14—15° boʻlganda una boshlaydi, 25—30° da yaxshi koʻkaradi. Bodringning ertapishar, oʻrtapishar va kechpishar navlari bor. Ertapishari ochiq dalaga apr. ning birinchi yarmida, oʻrtapishari may oxirlarida, kechpishari iyunning urtasi va iyulning boshida ekiladi. Bodring egatorasini 120 — 140 sm dan olib, yakka qatorlab yoki 210—240 sm dan olib, qoʻsh qatorlab har uyaga 2—3 kun ivitib quyilgan 5 — 8 dona urugʻ tashlab ekiladi. Qatorlab ekilganda tup oraligʻi 35—40 sm, toʻgʻri burchakli uyalab ekilganda 70 sm qilinadi. Bodring koʻkarib chiqqach, ertagisi 30—40 kunda, kechkisi 50—60 kunda gullaydi, tukkan mevasi 8—10 kunda yetiladi. Mevasi och yashil bulib, urugʻi pishganda sargʻishqungʻir tusga kiradi. Yer haydash oldidan gektariga 25 — 30 t gung, 100 kg dan azotli va fosforli oʻgʻitlar solinadi. Urugʻi unib chiqqach, uyada bittadan nihol qoldirib yaganalanadi, sugʻorib chopiq qilinadi. Iqlim va tuproq sharoitiga qarab har 5—12 kunda sugʻoriladi. Bodring shoʻrlanmagan, sizot suvlari chuqur joylashgan yerlarda yaxshi usadi. Mevasini har kuni yoki kun oralatib terish kerak. Mevasi kukligicha, tuzlangan va konserva holida isteʼmol qilinadi. Sharbati tibbiyotda dori-darmon sifatida ishlatiladi.
Oʻzbekistonda seleksiya yuli bilan yaxshilangan quyidagi navlari ekiladi: Margʻilon 822. Kechpishar, palagi uzun, bargi urtacha, besh burchakli. Mevasi silindrsimon, boʻyi 16—18 sm, eni 5—6 sm, ogʻirligi 130—240 g, toʻq yashil, uchidan boshlanadigan oq yoʻllari bor, baʼzan yoʻllari boʻlmaydi. Gektaridan 300—350 s hosil beradi. Oʻzbekiston 740. Oʻrtapishar, palagi urtacha, bargi mayda, toʻq yashil, usti choʻtir. Mevasi silindrsimon, boʻyi 10—13 sm, eni 4—5 sm, ogʻirligi 100 — 180 g, yaltiroq yashil. Uchidan boshlanadigan oq yoʻllari mevasining yarmigacha boradi. Gektaridan 340—375 s hosil beradi. Qoʻyliq 262. Ertapishar, palagi oʻrtacha, bargi toʻq yashil, toʻgarak, boʻlakli. Mevasining boʻyi 10 — 11 sm. eni 3—4 sm, ogʻirligi 105—110 g, toʻq yashil. Ertagi qilib ekilganda gektaridan 330—350 s, kechki qilib ekilganda 120—160 s hosil beradi. Shuningdek, Ertagi 645, Hisor 132 navlari ham serhosilligi b-n ajralib turadi. Bodring issiqxonalarda yetishtirilganda 1 mg maydondan 20—35 kg hosil olinadi.
Kasalliklari: unshudring, oqpalak, ildiz chirishi. Zararkunandalari: oʻrgimchakkana, bitlar, ildiz kemiruvchilar va b.
Ad.: Boʻriyev H., Abdullayev A., Tomorqa sabzavotchiligi, T., 1994.
Orif Qodirxoʻjayev.