BOBODEHQON — 1) dehqonchilik kasbining ustasi, mirishkor, tajribali keksa dehqon. Dehqonchilik ishlariga mohir, oʻz ishining sohibi boʻlgan dehqonlarni Oʻrta Osiyoda qadimdan Bobodehqon deb atashgan. Kishilar dehqonchilikda ulardan maslahatlar olishgan, ularning izidan borishga odatlanishgan;
2) Oʻrta Osiyo xalqlari orasidagi rivoyatlarga koʻra, dehqonchilik homiysi, piri. Xalq orasida ekin ekish, oʻrishyigʻish vaqtida «Bobodehqon qoʻllasin». «Bobodehqonning quli» deb aytish shuning natijasidir.