AGAFOKL (mil. av. 360-289) — kulol, lashkarboshi, Sirakuza hukmdori (tirani, 317-y. dan). Soʻnggi tiraniya vakili. Yollanma askarlar va xonavayron boʻlgan fuqarolarga tayanib Sirakuzadagi oligarxiyani agʻdarib tashlagan. 313-y. ga kelib Sitsiliyadagi deyarli barcha yunon shaharlarini bosib olgan. Hokimligi davrida Sitsiliyaga egalik qilish uchun Karfagenga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. Taxm. 305-y. «sitsiliyaliklar podshosi» unvonini olgan. 299-y. Kerkiru o. (Korfu) ni zabt etgan. Jan. Italiyaga harbiy safari paytida vafot etgan. Agafokl hukmdorlik yillari Sirakuzaning kuch-qudrati va madaniy ravnaqi yuksalgan davr boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые