AVUNKULAT (lot. avunculus — togʻa) — ibtidoiy jamiyatda togʻa va jiyanlar oʻrtasidagi qavm-qarindoshlik munosabatlari. Patriarxat davrida farzandlarning ona urugʻi bilan qarindoshlik aloqalari saqlangan. Avunkulatga binoan togʻa oʻz jiyanining eng yaqin himoyachisi, jiyanlar esa oʻz togasining yordamchilari hisoblangan. Jiyan oʻz togasining mulkiga voris boʻlishi yoki oʻz mulkini unga meros krldirishi mumkin boʻlgan. Togʻa oʻz jiyanini uylantirish yoki erga berishda muhim rol oʻynagan. Avunkulatning ayrim koʻrinishlari bizgacha yetib kelgan. Oʻzbekistonning baʼzi joylarida (qipchoq-oʻzbeklarda) shunday hollar uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые