AVTOMAT TELEFON STANSIYA (ATS) — telefon abonentlari oʻrtasida (odamning ishtirokisiz) telefon aloqasi oʻrnatishga imkon beradigan mexanizm va asboblar majmui. Elektromexaniq elektron va mexanikelektron xillarga boʻlinadi. Shahar telefon tarmoqlari, asosan, elektromexanik ATS lar yordamida quriladi. ATSning hajmi (unga ulangan telefon liniyalari soni) oʻndan bir necha minggacha raqamli boʻlishi mumkin. 1000000 rakamli ATSga ulangan abonentlar 100 ta kichik va 10 ta katta guruhga boʻlinadi. Har bir abonent liniyasiga 1000 dan 999 gacha rakam beriladi. Chaqirayotgan abonent oʻz telefon apparatining raqam tergichi yordamida chakirilayotgan abonent telefon raqamini terib, ATS asboblarining ishini boshqaradi. Raqam tergichdan chiqayotgan tok impulslari ATSga uzatiladi va ularning taʼsirida st-ya asboblari murakkab ish jarayoniga oʻtadi, chaqirilayotgan raqamli apparatga ulangan aloqa liniyasini topib, bu apparat boʻsh yoki band ekanligini aniqlaydi; agar kerakli apparat boʻsh boʻlsa, st-ya asboblari unga chaqirish signallarini yuboradi, agar band bulsa, bu hakda chakirayotgan abonentga tegishli signallar orqali xabar beradi, suzlashuv tugagach, st-ya asboblari abonentlar liniyalarini yana uzadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые