ARTROZ (yun. arthron — boʻgʻim) — boʻgʻimning distrofik surunkali kasalligi. Moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, boʻgʻimlarning shikastlanishi, shamollash, intoksikatsiya, infeksion kasalliklar oqibatida kelib chiqadi. Tor poyabzal kiyish oyoq panjasi boʻgʻimlari Artroz iga sabab boʻlishi mumkin. Artrozda yirik (tizza, chanoq-son, boldir-tovon, bilak) hamda mayda boʻgʻimlar, xususan umurtqa pogʻonasi boʻgʻimlari (spondiloartroz) zararlanadi. Boʻgʻimlar bir oz shishadi, bosib koʻrilganda ogʻriydi; bukish yoki yozish chogʻida qirsillagan tovush eshitiladi. Koʻpincha 40 — 60 yashar ayollar oʻrtasida uchraydi. Qaysi boʻgʻim zararlanganligi va kasallik bosqichiga qarab davo qilinadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые