AFFEKT

AFFEKT (lot. aftectus — ruhiy hayajon, ehtiros) — turli tashqi yoki ichki taʼsirlar asosida tez paydo boʻlib, qisqa muddatli, aksariyat hollarda «portlash» tarzida boʻladigan kuchli ifodalanadigan hissiy holat (qoʻrqinch, dahshat, gʻazab va b.). A. tushkunlik, tang vaziyatlarda yuzaga keladi. Affekt holatida ichki organlar faoliyati oʻzgaradi, keskin ifodali holatlar paydo boʻladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqni na-zorat qilish qobiliyati yoʻqoladi. Affekt fiziologik ham, patologik ham boʻlishi mumkin. Fiziologik Affektda kishi oʻz xatti-harakatini idora eta olishi, keyinchalik barcha voqealarni xotirasida saqlab qolishi mumkin. Patologik Affekt koʻproq ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Baʼzan ruhiy sogʻlom odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Patologik Affektda barcha xatti-harakatlar kishi xotirasida saqlanmaydi, shaxsning xatti-harakatlari ong tomonidan nazorat qilinmaydi. Odamda Affekt fakdt uning jismoniy holati, biologik ehtiyojlari va instinktlari kabilarga bogʻliq omillar tufayli emas, balki uning ijti-moiy munosabatlarining buzilishi tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Mas, adolatsizlik, bevafolik, haqorat sh. k. holatlarda. Baʼzan Affekt biror salbiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyatlarning takrorlanaverishi natijasida ham sodir boʻladi. Bundam vaziyatlarda Affekt ak-kumulyatsiyasi holati roʻy beradi, uning natijasida Affekt kuchli, boshqarib boʻlmaydigan xulqlarajasiga koʻgarilishi mumkin (affektiv portlash).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x