BILOR

BILOR, Bilyar — oʻrta asr shaharlaridan (10 — 13-a. lar), 12 — 13a. boshlarida VolgaKama Bulgʻoriyasinnit poytaxti. Tatariston Respublikasidagi Bilyarsk qishlogʻi yaqinida xarobalari saqlangan. Rus yilnomalarida Buyuk shahar deb qayd qilingan. 1236-y. B. ni moʻgʻullar vayron qilgandan soʻng oʻzini avvalgi iqtisodiy ahamiyatini yoʻqotgan. Bilor xarobalaridan gʻishtin binolar, qabriston, mahalliy hunarmandlar yasagan turli buyumlar, shuningdek Eron, Movarounnahr, Old Osiyo, Xitoy, Vizantiya, Kavkaz va Rusda ishlangan koʻplab buyumlar topilgan. 1967-y. dan muntazam arxeologik kazishmalar olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x