BIBIXONIM

BIBIXONIM (asl ismi Saroymulkxonim) (1341 — 1408) — Amir Temurning katta xotini, Chigatoy ulusi xoni — Hozonxonnknt qizi. Dastlab amir Hazagʻotshg nabirasi — Xusayn ibn Musallabga (1355), keyin (Husayn qatl etilgach) Amir Temurga nikohlangan (1370). Shu bone Amir Temur «Kuragon» unvoniga musharraf boʻladi. Zotan xon avlodiga mansub Saroymulkxonim haramdagi barcha malikalardan ulugʻ hisoblanib, «Katta xonim» yoxud «Bibixonim» degan unvonga noil boʻladi.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Bibixonim oʻz zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatdon va yetuk aklzakovat sohibasi, shuningdek, husnlatofat bobida ham benazir edi. Bibixonim insonparvar, vatanparvar, mamlakatning siyosiyijtimoiy, ik^isodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor boʻlgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari b-n qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa, ilmmaʼrifatga aloxida eʼtibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida koʻpincha hamrohlik qilgan. Bibixonim saltanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda oʻzining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir Temur B. ga oshkora boʻysunmasada, biroq uning oqilona maslahatlariga oʻzida qandaydir ehtiyoj sezib turgan.

Bibixonim oʻz jamgʻarmasi hisobidan Samarqandda ulkan Madrasa q(. Bibixonim madrasasi) qurdirgan.

Bibixonim farzand koʻrmagan boʻlsada, sohibqiron oʻz nabiralari — Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Ulugʻbek va b. mirzolarni bevosita zukko Bibixonim tarbiyasiga topshirgan edi.

Samarqandda Amir Temur Bibixonimga atab qurdirgan Bibixonim jome mayejidi mavjud. Bibixonim haqida xalq orasida koʻplab rivoyatlar saqlanib qolgan.

Turgʻun Fayziyev.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x