BERNSTAYN

BERNSTAYN Leonard (1918.25.8, Lorens, Massachusets shtati — 1990.14.10, NyuYork) AKSH kompozitori, pianinochisi, dirijyor, musiqa targʻibotchisi. 1943-y. dan boshlab NyuYorkdagi simfonik orkestrlarni boshqarib, Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrollarda boʻlgan. 1954-y. dan teleekran orqali doimiy suhbatlar uyushtirib, jahon musiqasi durdonalarini izchil targʻib qilib kelgan. Kompozitor sifatida Bernstayn deyarli barcha janrlarda ijod qilgan. Bernstaynning mashhur myuzikllari orasida «Vestsayd hodisasi» (1957) koʻp mamlakatlarda sahnalashtirilgan, uning asosida film yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x