GRAVIMETR

GRAVIMETR (lot. gravis — ogir va … metr) — ogʻirlik kuchi tezlanishini oʻlchaydigan asbob. Koʻpincha, prujinali yoki aylanuvchi tarozidan iborat boʻladi. Bunday Gravimetrlar yordamida ogʻirlik kuchi tezlanishlari farqi oʻlchanadi. Prujinali Gravimetrda tezlanishlar farqini aniqlash uchun prujinaga osilgan yukcha vaziyati Gravimetr shkalasi boʻyicha oʻzgarishi aniqlanadi. Bunda oʻlchashlar ogʻirlik kuchi tezlanishi maʼlum boʻlgan punktda va tadqiq qilinayotgan punktda ketma-ket amalga oshiriladi. Sayoz joylarda, suv tubida, suv usti va suv ostida suzuvchi kemalarda, samolyotlarda ogʻirlik kuchini oʻlchovchi maxsus Gravimetrlar bor. Ogirlik kuchining Oy va Quyoshga bogʻliq tarzda oʻzgarishlarini bir necha oylab qayd qilishga imkon beradigan Gravimetrlar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x