BATASH

BATASH, botosh — oʻzbek qabilalaridan biri. Batashlar 18 — 19-a. larda Buxoro xonligining siyosiy hayotida muhim rol oʻynagan. V. Radlovnpnt yozishicha, mangʻitlar sulolasidan boʻlgan Buxoro xoni taxtga oʻtirar ekan, uni 4 qabila vakillari kigizga oʻtqazib 4 tomonidan koʻtarganlar. Bu qabilalar — ming, allot (arlot), bahrin va Batash boʻlgan. 19-a. ning 70-y. larida Qashqadaryo viloyatida 5 ming B. boʻlgan. Batashlar oʻtroq holda Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida ham yashagan. Batash oʻzbek millati tarkibiga kirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x