GIPOTERMIYA

GIPOTERMIYA (gipo… va yun. therme — issiqlik) — odam va issiq qonli hayvonlarda t-raning odatdagidan pasayishi; bunga organizmda issiqlikning hosil boʻlishidan koʻra koʻproq sarflanishi sabab boʻladi. Termoregulyatsiya (issiqlikning idora etilishi) buzilganda, mastlik, qon yoʻqotish, shok holatlarida organizmda issiqlik hosil boʻlishi bilan uning tashqariga chiqarilishi oʻrtasidagi nisbat buzilib, gavda t-rasi pasayishi mumkin. Gipotermiya tabiiy va sunʼiy boʻladi. Tabiiy Gipotermiya koʻpgina hayvonlarning qishki uyquga moslashish jarayonidir, bunda gavda t-rasi tushib ketganda ham ular bemalol yashay oladi. Gipotermiya sharoitida moddalar almashinuvi, qon aylanishi, toʻqimalarning kislorodga boʻlgan ehtiyoji keskin kamayadi. Bu esa tibbiyot amaliyotida odamning ham gavda t-rasini sunʼiy tushirish imkoniyatini beradi. Gavda t-rasini sunʼiy tushirish uchun vegetativ nerv sistemasiga taʼsir etadigan turli doridarmonlardan foydalaniladi. Sunʼiy Gipotermiyaning umumiy va mahalliy xillari bor. Sunʼiy Gipotermiya gipertermiyaning xavfli shaklida, kalla suyagimiya shikastlanishlari, meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasining qonaydigan xillarini davolashda qoʻllaniladi. Undan jarrohlik, ayniqsa yurakni operatsiya qilishda keng foydalaniladi, natijada qon aylanishi qisman yoki toʻla toʻxtatib qoʻyiladi, natijada aʼzo va toʻqimalarda kislorod tanqisligi xavfi yoʻqoladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x