GEOGRAFIK QUTBLAR

GEOGRAFIK QUTBLAR (Shimoliy qutb va Janubiy qutb) — Yer aylanishidan hosil boʻlgan xayoliy oʻqning Yer yuzasi b-n kesishgan nuqtalari. Geografik qutblarda Yer meridianlarining hammasi tutashadi. Unda odatdagi dunyo tomonlari yoʻq, kun va tun almashinmaydi. U yerda Quyosh yarim yil chiqmaydi va yarim yil botmaydi (q. Qutb tuniva Hutbkuni). Geografik qutblar nuqtasi Yer yuzasida murakkab ztri chiziq boʻylab siljib yuradi, yaʼni tomonlari 26 m boʻlgan kvadrat ichida oʻz holatini oʻzgartirib turadi. Yer shaklining sharga deyarli oʻxshash boʻlganligi tufayli, qutblarga Quyosh nuri yotiq (23 ʻ/2° dan yuqori boʻlmaydi) tushadi, natijada Geografik qutblar atrofida juda keng maydonning iqlimi sovuq, kuchli shamol va izgʻirinlar boʻladi. Shimoliy Geografik qutblar Shimoliy Muz okeanining muz bilan qoplangan suvi ustida joylashgan. Shimoliy Geografik qutblar (89°55ʻ sh. k.)ga birinchi boʻlib amerikalik qutbshunos R. Piri (1909-y. 6 apr.) yetib borgan. Janubiy Geografik qutblar (88°23ʻ j. k.) Antarktida materigining Tinch okean sohiliga yaqin muz qoplami ustidadir, birinchi boʻlib unga norvegiyalik tadqiqotchi R. Amundsen (1911-y. 14 dek.) borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x