BENZIL XLORID

BENZIL XLORID (xlormetil benzol) , S6NSN2S1 — organik birikma. Mol. m. 126,59. Oʻtkir gʻidli rangsiz suyuqlik. Zichligi 1100 kg/ m3, suyuqlanish t-rasi — 39°, qaynash t-rasi 179°. Suvda erimaydi; spirt, xloroform va b. organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suv qoʻshib qizdirilganda sekin-asta gidrolizlanib, benzil spirt hosil qiladi. Nukleofil va elektrofil almashinish reaksiyalariga oson kirishadi. Kuchsiz oksidlovchilar taʼsirida benzaldegidga aylanadi. Sanoatda tarkibida 1% RS13 boʻlgan toluolni katalizator ishtirokida 90 — 100° gacha qizdirib, undan xlor oʻtkazib olinadi. Benzil xlorid plastmassa, plyonka, elektr izolyatsion qoplama va lok i. ch. da foydalaniladigan benzil spirt, benzoy kislotaning murakkab efirlari, benzilsianid va ayniqsa benzilsellyuloza olish uchun ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x