AYMANOV Shaken Kenjatoyevich

AYMANOV Shaken Kenjatoyevich (1914.15.2 – 1970.23.12) — qozoq aktyori va rej. Qozoq milliy badiiy kinosining boshlovchilaridan. 1933-y. dan M. Avezov nomidagi Qozoq drama teatrida, 1940-y. dan kinoda ishlagan. «Jambul», «Abay qoʻshiqlari», «Nayzatosh etagida» va b. filmlarda suratga tushgan. Uning «Sevgi haqida qissa» filmi bilan Qozogʻistonda muntazam badiiy filmlar ishlash odat tusiga kirdi. Janr jihatdan xilma-xillik, milliylikka, muammolar ahamiyatiga eʼtibor b-n filmlar ishlash Aymanov ijodiga xos. Mashhur filmlari: «Sahro qizi» (K. Gakkel bilan hamkorlikda), «Biz shu yerda yashaymiz», «Otalar yeri», «Bir tumanda», «Atamanning tugatilishi» va b. 1984-y. dan «Qozoqfilm» A. nomi bilan yuritiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x