BIOEKOSAN

«BIOEKOSAN», Oʻzbekiston yoshlarining «Bioekosan» oʻquv-metodik majmuasi — Oʻzbekistonda uzluksiz ekologiya taʼlimini amalga oshiradigan taʼlimtarbiya muassasasi. Dastlab 1929-y. Samarqandda yosh tabiatshunoslar st-yasi nomi bilan tashkil etilgan. 1994-y. dek. dan ekologiya tabiatshunoslar markazi, 1995-y. avg. dan yuqoridagi nomda. Bioekosanning asosiy makreli bogʻcha bolalari, maktab oʻquvchilari, akademik litsey, kasbhunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlari talabalariga biol., ekologiya, salomatlikdan taʼlimtarbiya berish, iqtidorli bolalarni tanlab, ularni har tomonlama kamol topishlariga koʻmaklashishdan iborat. Majmua tarkibida ekologiya i. t. lab. mavjud. Majmua respublikada uzluksiz ekologiya taʼlimi muammolari va ularning yechimlariga bagishlangan ilmiymetodik anjumanlarni uyushtiradi va oʻtkazadi. Majmua xodimlari 1995-y. dan Toshkent sh. Yunusobod tumanidagi 499bolalar bogʻchasi va 288 maktabda bogcha-maktab tajriba maydoni tashkil etib, uzluksiz ekologiya taʼlimi boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlar olib boradilar. Majmua ekologiyadan davlat taʼlimi standarti, uzluksiz ekologiya taʼlimi konsepsiyasi va uzluksiz ekologiya taʼlimi boʻyicha metodik tavsiyanomalar yaratadi. Majmua 1994-y. dan buyen «Tabiat: kecha, bugun, ertaga» mavzuida respublika oʻquvchilarining ilmiy amaliy anjumanini oʻtkazib keladi. Majmua respublika viloyatlaridagi ekologiya va tabiatshunoslar markazi ishini muvofiklashtirib turadi va ularga ilmiy amaliy yerdam koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x