BIOGENEZ (bio… va genez) — organik birikmalarning tirik organizmlar hosil qilishi. Keng maʼnoda — B. barcha tirik mavjudotlarning faqat tirik materiyadan paydo boʻlishini taʼkidlaydigan gʻoyaning emperik umumlashmasidan iboratdir. Bu terminni fanga dastlab 19-a. oʻrtasida G. Geksli kiritgan. Biogenezni Gelmgols, Arrenius va b. ilgari surgan. Biogenez tarafdorlari yerdagi dastlabki tirik mavjudotlar «yorugʻlik bosimi» yoki fazo jismlari (meteoritlar) bilan birga boshqa sayyoralardan kelib qolgan hayot murtaklaridan rivojlangan deb isbotlashga urinishadi. Biogenez hayotni abadiy deb hisoblaydi, Yerdagi hayot moddalarning rivojlanishi natijasida paydo boʻlganligi toʻgʻrisidagi nazariyani rad etadi. Hoz. zamon fani Biogenezning notoʻgri ekanligini isbot qilib berdi, chunki dastlabki tirik mavjudotlarning abadiyligi haqidagi tushunchalar tirik tabiatning rivojlanishi toʻgʻrisidagi tarixiy maʼlumotlarga ziddir (yana q. Abiogenez).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые