BILIVERDIN — 1lot. bills oʻt (safro) va frans. vert (ved) — yashil] — oʻt (safro) pigmentlaridan biri; yashil kristall modda, umurtqali hayvonlar jigari, talogʻi va koʻmigining makrofaglarida gemoglobin parchalanishidan verdoglobin hosil boʻladi, bu modda parchalanganda esa globin, temir va Biliverdin ajralib chiqadi. Biliverdin qaytarilganda bilirubin hosil boʻladi. Umurtqasiz hayvonlar (chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, hasharotlar)da ham Biliverdin topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые