BIY

BIY — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshligʻi, toʻrasi;

2) yuqori mansabli kishilarni ulugʻlash uchun ishlatilgan soʻz yoki ularga berilgan unvon;

3) koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi turkiy xalqlarning urugʻ oqsoqollariga berilgan unvon. 17 — 19-a. larda Biylar yirik oʻzbek qabila va uruglarga boshchilik qilib, faqat markaziy hukumatga itoat etgan;

4) Xiva xonligida otal iqlarlan keyin keladigan mansab. Abulgʻoziy Bahodirxon oʻz yonidan Biy larga toʻrtta oʻrin bergan. Biylar navkarlarta sarkardalik qilganlar;

5) Buxoro xonligida xizmat pogʻonasining 9mansabi; amorat panoh unvoni boʻlgan. Bu unvonni olgan shaxs uni keyingi mansablarni egallaganda ham oʻzida saqlab qolgan (yana q. Bek).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x