BIDUN — Buxoroni idora qilgan buxorxudotlardan biri (7-a. ning 60 — 70-y. lari). Buxoro arki va shahar atrofidagi devorlarni qayta tiklatgan. Rivoyatlarga koʻra, Bidun binokorning nomini temir taxtaga oʻyib yozdirib, uni saroy darvozasiga qoqib qoʻyishni buyurgan. Yana oʻsha rivoyatga koʻra, saroy tez orada qulab tushgan va uni qayta tiklashga har qancha urinilgan boʻlsa ham, lekin binoni qurib bitkaza olmaganlar. Shundan soʻng Bidun olimlarni tuplab, ularning maslahati bilan saroy (koh)ni Yetti ogʻayni yulduzi shaklida yetti tosh ustunli qilib, yana yangidan qurgan. Bu safar saroy binosi mustahkam oʻrnashib, uzoq vaqt turib qolgan. Ubaydulloh ibn Ziyod boshliq arab qoʻshinlari Buxoroga hujum qilishi (673-y.)dan sal oldin vafot etgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые